22:41 / 21.01.2017
5957

APL. «Liverpul» bir yildan ortiq davom etgan an'anani buzib qo‘ydi

Angliya premer-ligasining 22-turidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuvda kutilmagan natija qayd etildi.

«Enfild»da «Suonsi»ni qabul qilgan «Liverpul» kutilmaganda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Fernando Lorentening dubli va Gilfi Sigurdssonning bitta goliga Roberto Firmino ikkita to‘pi bilan javob bergan biroq bu Klopp jamoasi uchun yetarli bo‘lmadi.

Natijada «Liverpul» bir yildan oshiqroq vaqt mobaynida o‘z uyida o‘tkazgan mag‘lubiyatsiz seriyasiga yakun yasashga majbur bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Suonsi» hisobidagi ochkolar soni 18taga yetdi va jamoa 17-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Liverpul» esa 45 ochko to‘plab uchinchi o‘rinda qolmoqda.

Angliya chempionati, 22-tur

Liverpul – Suonsi 2:3 (0:0)

 

Gollar: Firmino (55, 69) – Lorente (48, 52), Sigurdsson (74).

Liverpul: Minole, Klavan, Lovren, Klayn, Koutino (Starridj, 57), Veynaldum (Matip, 90), Lallana, Jan (Origi, 70), Firmino, Xenderson, Milner.
Suonsi: Fabianski, Fernandes, Olsson (Ranxel, 79), Noton, Mouson, Kork, Kerroll, Rautledj, Fer (Fulton, 90), Sigurdsson, Lorente (Baston, 85).
Ogohlantirishlar: Klavan (36), Fer (90+2).

Mavzuga oid
Top