13:39 / 21.01.2017
30818

Denis Istomin Avstraliya ochiq chempionati 1/8 finaliga yo‘llanma oldi

Avstraliyada davom etayotgan «Ulkan toj» turkumiga kiruvchi Australian open musobaqasini o‘zbekistonlik Denis Istomin muvaffaqiyatli o‘tkazishda davom etmoqda.

Bugun Denis turnirning 3-raundida musobaqaning 30-tartib raqami ostida saralangan ispaniyalik Pablo Karreno-Bustoga qarshi kortga chiqib, besh setda raqibini mag‘lubiyatga uchratdi: 6/4, 4/6, 6/4, 4/6, 6/2.

Uchrashuv 3 soat 30 daqiqa davom etdi. 30 yoshli Denis Istomin bahs davomida 16 marta «eys»ni amalga oshirgan bo‘lsa, 2 marta qo‘shxatoga yo‘l qo‘ydi, 51 marta uzoq davom etgan ochkolarni yutib oldi, 53 marta zarurati bo‘lmagan xatolarni qayd etdi va 5 marta raqib geymini yutib olishga (breyk) muvaffaq bo‘ldi. Karreno-Busto 3ta breyk, 2ta «eys»ni amalga oshirib, 62ta zarurati bo‘lmagan xatolarga yo‘l qo‘ydi.

Endi Denisning keyingi bosqichdagi raqibi Grigor Dimitrov (15-raketka) va Rishar Gaske (18-raketka) o‘yinida aniqlanadi.

Mavzuga oid
Top