Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mo‘sul sharqidagi maktablarda o‘quv jarayoni tiklandi
Iroqning kattaligi bo‘yicha ikkinchi shahri Mo‘sul sharqidagi maktablarda o‘quv jarayoni tiklandi.
"Anadolu" agentligiga Iroq ta'lim vazirligi vakili Ibrohim Sebtining ma'lum qilishicha, Mo‘sulning Furot (Tigr) daryosi sharqiy qirg‘oqlaridagi mavzelarida yilning ikkinchi yarmida 70ta maktab ochiladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Mo‘sul maktablarida darslar so‘nggi ikki yil davomida shaharning IShID terrorchilari tomonidan egallab olingani tufayli o‘tkazilmagan.
Mo‘suldan janubda joylashgan Al-Kayyora va Hammom al-Alil shaharlaridagi maktablarda darslar bir necha oy avval boshlangan, deb ta'kidlab o‘tdi Sebti.
Ta'lim vazirligi Mo‘suldagi maktablar binosini ta'mirlash ishlarini davom ettirmoqda. Ular harbiy harakatlar oqibatida zarar ko‘rgan, dedi idora vakili.
Ma'lumot uchun, Iroq bosh vaziri Haydar al Obodiy 17 oktabrga o‘tar kechasi Mo‘sulni IShID terrorchilik guruhidan ozod etish bo‘yicha amaliyot boshlangani haqida ma'lum qildi. Shahar 2014 yilning iyunidan beri guruh jangarilari nazoratida bo‘lgan.
Mavzuga oid
17:59 / 29.12.2025
Turkiyada 3 nafar politsiya xodimi IShIDga qarshi operatsiya chog‘ida halok bo‘ldi
12:30 / 26.12.2025
AQSh Nigeriyada IShID obektlariga zarba berdi
00:00 / 15.12.2025
Suriyada IShIDga qarshi operatsiya boshlandi
11:39 / 01.12.2025