16:53 / 25.01.2017
10444

Media-haftalikning uchinchi kuni: Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish

25 yanvar kuni Toshkent shahrida prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan "2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi" loyihasiga bag‘ishlangan mediahaftalikning uchinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda. Unda "Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari"ning taqdimoti va mavzuga oid muhokamalar tashkil etildi. Ushbu yo‘nalish erkin iqtisodiy faoliyatni ta'minlashga, bank-moliyaviy islohotlarni tubdan o‘zgartirish va xususiy tadbirkorlikni himoya qilishga qaratilgan. 

Mediahaftalikning uchinchi kunida ishtirok etayotgan notiqlar orasida Erkin Gadoyev (O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari), Jahongir Abdurasulov (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi o‘rinbosari), Vyacheslav Pak (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi departamentning boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari), Rustam Aminov (O‘zbekiston Respublikasining xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari), Anvar Ikromov (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-Sanoat palatasi raisi o‘rinbosari), Shuhrat Teshayev (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari)ni uchratish mumkin.

Kunning birinchi yarmida notiqlar tomonidan taqdimotlar namoyish etildi. Keyin esa bu mavzu yuzasidan ishtirokchilar va notiqlarning o‘zaro muhokamalari, savol-javoblar va takliflarga ulandi.

Top