Rossiyalik ayol avtobusdagi uch soatlik behushlikdan so‘ng vafot etdi
Rossiyaning Perm shahrilik tergovchilar mahalliy fuqaroning o‘limi yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Ayol avtobusda uch soat davomida behush bo‘lgan va keyinchalik kasalxonada vafot etgan, deb xabar berdi Rossiya tergov qo‘mitasi hududiy boshqarmasi.
RIA Novostining Perm o‘lkasidagi inson huquqlari bo‘yicha vakolatli vakil devoniga tayanib xabar berishicha, hodisa yanvar oyi o‘rtalarida yuz bergan. "Ayolga uch soat davomida miyaga qon quyilish arafasida hech kim yordam ko‘rsatmagan. U ishdan uyga qaytayotib, 77-yo‘nalishdagi avtobusga o‘tirgan, uch soat davomida haydovchi va yo‘lovchilardan hech biri uning ahvoliga e'tibor qaratmadi. Kishilar uni mast deb o‘ylashgan", - deya ma'lum qildi agentlik suhbatdoshi.
Ayol jonlantirish bo‘limiga insult tashxisi bilan behush holda yetkazildi va keyinchalik vafot etdi. Uning turmush o‘rtog‘i rafiqasi tashuvchining beparvoligi tufayli vafot etganini aytgan. Ayni damda ushbu yo‘nalishga xizmat ko‘rsatuvchi transport kompaniyasi tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
21:56
Rossiyaning eng katta mag‘lubiyatlaridan biri - Zelenskiy Rossiya gazi tranzitini to‘xtatilishi haqida
16:57
1 yanvardan chet elliklarning Rossiyaga kirish qoidalari kuchaytirildi
16:22
«Gazprom» Ukraina orqali Yevropaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi
11:39