Joylarda tabiiy gaz va elektr ta'minoti muammosi borligi va uni bartaraf etiş uçun olib borilayotgan işlar haqidagi maqolalar öquvçilarimizni befarq qoldirmadi. Tahririyatimizga turli mazmundagi maktublar yöllanmoqda. Ularning ayrimlarini e'tiboringizga havola etişni lozim topdik.
Jumladan, Şuhrat ismli fuqaro şunday yozadi: “Men Qaşqadaryo viloyati, Nişon tumanida yaşayman. Sizlardan iltimos, Nişon tomonlarga borib xalqning ahvolidan bir xabar olib kelsangizlar. Men Toşkentda işlayman, qişloqqa borgan paytlarim huddi örta asrga tuşib qolganga öxşayman. Sizlardan iltimos, şu masalani televidiniyega ham olib çiqsangizlar. Balkim insofga kirib, çiroqni yoqişarmidi? Gazni-ku, esidan çiqarib yuborişganiga ança yil bölib ketdi”.
“Assalomu alaykum, hurmatli Kun.uz tahririyati a'zolari. Berib borayotgan yangiliklaringiz kişini quvontiradi. Ayniqsa, muammoli holatlarga yeçim topişga yordam berişlaringiz tahsinga loyiq. Şunaqa muammolar bizda mavjud. Elektr tokini umuman berişmayapti. Men Samarqand viloyati, Narpay tumanidanman. 110 degan "svet liniyasi" bor. Bizning qişloq va yana 5 qişloq şu liniyaga ulangan. Prezident qabulxonasiga ham yozdim. Nimagadir javob kelmayapti. Sizlardan iltimos, şu masalada yordam beringizlar. Işingizga muvaffaqiyat tilab muxlisingiz Bahodir Turdiyev”.
Zokir ismli yana bir fuqaro şunday arz qildi: “Çiroqsiz qolayotgan şahrisabzliklar töğrisidagi ikkinçi maqolada xalqni ayblab yozib elektr tarmoği korxonasidagilarni dardiga malham qöydingizlar. Avval bir neça soat berilayotgan elektr endi daqiqalarga ötib qoldi. Xalqning bir foizini ham taşkil etmaydigan bir guruh qoidabuzarlarni deb butun bir xalqni ayblaş töğri bölmas-ov. Ariza mualliflari: Zokir, Husniddin, Şavkat, Erik”.
Şavkatjon ismli fuqaro şunday yozadi: “Assalomu alaykum. Nafaqat Samarqandda, balki bizning qişloqda ham zulmat. Elektr energiyasi har kuni ikki yoki ön daqiqa bölsa mayliga, soatlab öçiriladi. Bizning manzil: Namangan viloyati, Töraqörğon tumani, Şaxand qişloği. Nega bundayligini xaligiça heç kim izohlamaydi. Şu masalada aniqlik kiritib yordam bersangiz xursand bölardik”.
















