08:11 / 28.01.2017
17187

Tan olinmagan Lugansk xalq respublikasining birinchi rahbari vafot etdi

Foto: RIA

Tan olinmagan Lugansk xalq respublikasining jamoat, harbiy va siyosiy arbobi Valeriy Bolotov 47 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda "Novorossiya" axborot agentligi.

LXR rahbariyatiga yaqin bo‘lgan manbaning ma'lum qilishicha, Bolotov o‘zining Moskvadagi kvartirasida vafot etgan. "Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, u infarktga uchragan, biroq hozircha aniq ma'lumot yo‘q", deb aytgan manba.

Oxirgi vaqtlar Bolotovning yuragi bilan muammolar bo‘lgan, deb aytgan RIA “Novosti” axborot agentligiga tan olinmagan Donetsk xalq respublikasi vazirlar kengashi raisi Aleksandr Boroday.

Ukrainada davlat to‘ntaruvi bo‘lgandan keyin Bolotov ochiqchasiga Kiyevning yangi rahbariyatiga qarshi turishga chaqirgan. Ukraina sharqidagi noroziliklar vaqtida u Lugansk viloyatidagi Ukraina xavfsizlik xizmati binosini qo‘lga olishda ishtirok etgan va "xalq gubernatori" deb e'lon qilingan.   

Bolotov may oyida LXR rahbari etib saylangan, biroq avgustda jarohat olgani sababli iste'foga ketgan.  

Bolotov oxirgi mahal LXRga gumanitar yordam tashkillashtirish bilan shug‘ullangan.

Mavzuga oid
Top