O‘zbekistonliklar Belarus, Rossiya va Qozog‘istonga nos olib kirish taqiqlanganidan ogohlantirildi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasidan Bojxona ittifoqiga a'zo davlatlarga chiquvchi jismoniy shaxslarga qaratilgan murojaatni e'lon qildi.
«O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Bojxona Ittifoqining Bojxona kodeksiga hamda ushbu tashkilotga a'zo davlatlarning milliy qonunchiligiga muvofiq Belarus, Rossiya va Qozog‘istonda Markaziy Osiyo davlatlarida keng tarqalgan tamakining sochma turi — nosni olib kirish, qayta ishlash, tayyorlash va saqlash butunlay taqiqlanganini yana bir karra eslatib o‘tadi», — deyiladi e'londa.
Mazkur tartiblarga rioya qilmagan jismoniy shaxslar o‘zlari bo‘lib turgan davlatning qonunchiligiga muvofiq ma'muriy javobgarlikka tortiladi va ish sudga oshiriladi.
Bojxona qo‘mitasi eslatishicha, 2016 yilda birgina «Toshkent—Minsk» reysi bo‘yicha Belarusga borgan O‘zbekiston fuqarolari tomonidan mazkur yo‘nalishda 43 ta bojxona qoidabuzarliklari sodir etilgan va natijada 100 kilogrammdan ortiq nosning ushbu davlatga olib kirilishining oldi olingan.
«Shunday ekan, yurtdoshlarimizdan o‘zlari yo‘l olgan davlatning bojxona qoidalariga qat'iy rioya qilishlarini so‘raymiz. Bu bilan siz nafaqat o‘zingizning, balki, yurtimizning sha'nini ham himoya qilgan bo‘lasiz», — deyiladi murojaatda.
Nos, nosvoy — o‘zida nikotin saqlovchi chekimlik. Uning asosini tamaki va so‘ndirilgan ohak tashkil etadi. Nosvoy asosan Markaziy Osiyo mamlakatlarida tayyorlanadi va chekiladi.
Mavzuga oid
12:13 / 25.12.2024
“O‘zbekistondagi nosvoylardan 10 xil zaharli modda aniqladik” - Yaponiyadagi o‘zbek olimi yangi tadqiqoti haqida
18:39 / 13.07.2023
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga 7 tonna nosvoy olib kirgan shaxs ushlandi
19:39 / 30.01.2023
O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida 13 tonna nosvoyni olib o‘tmoqchi bo‘lganlar ushlandi
18:55 / 11.02.2020