18:42 / 30.01.2017
19407

OAV: Iroqda IShIDning bosh jallodi o‘ldirildi

Iroqda IShIDning birinchi raqamli jallodi o‘ldirildi. 

Daily Mail xabariga ko‘ra, Abu Sayyaf ism-sharifli ushbu jangari asirlikdagi yuzlab kishilarni boshini tanasidan judo qilgandi. U tashkilotning targ‘ibot videolarida asosiy figura bo‘lgan. Bundan tashqari, u markazi Mo‘sul bo‘lgan Naynava viloyatidagi jangarilarga rahbarlik qilgan.

Mahalliy nashrlarda Abu Sayyafning o‘limi tafsilotlari aniq keltirilmagan. Ammo ba'zi manbalarga ko‘ra, ushbu terrorchini Iroqdagi boshqa bir radikal guruh vakillari o‘ldirgan.

Top