23:04 / 04.02.2017
12488

«Barselona» «Atletik»ni tor-mor qilib, «Real»ga yaqinlashib oldi

«Barselona» Ispaniya Primerasining 21-turida Bilbaoning «Atletik» jamoasini qabul qildi. Barselonadagi «Kamp Nou» o‘yingohida bo‘lib o‘tgan uchrashuv mezbonlarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

Birinchi bo‘lim o‘rtalarida Neymar Pako Alkaserni pas bilan ta'minladi va bu o‘yinda Luis Suares o‘rnida harakat qilgan hujumchi darvozaning pastki burchagini aniq nishonga oldi. O‘yinning 40-daqiqasida Lionel Messi jarima zarbasini golga aylantirib, jamoasining hisobdagi ustunligini oshirdi.

Ikkinchi bo‘limda Aleyks Vidal raqib jarima maydoniga yorib kirib, kuchli zarba berdi. To‘p ikki himoyachi orasidan o‘tib, darvoza to‘ridan joy oldi - 3:0. 

Endilikda «Barselona» ochkolari sonini 45taga yetkazdi va turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib, «Real» bilan oradagi farqni bittagacha qisqartirdi. 32 ochkosi bor «Atletik» sakkizinchi o‘rinda qolmoqda.

Barselona – Atletik 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 18 Pako Alkaser, 2:0 – 40 Messi, 3:0 – 67 Aleish Vidal.
Barselona – ter Stegen, Pike (Maskerano, 46), Mate, Umtiti, Aleish Vidal, Rafinya (Rakitich, 54), Turan, Andre Gomesh, Messi (Serji Roberto, 64), Pako Alkaser, Neymar.
Atletik – Iraysos, Inigo Lekue (Aduris, 52), Balensiaga, Yyeray Alvares, De Markos, Iturraspe, San Xose (Benyat, 59), Muniain, Raul Garsiya (Eraso, 74), Inyaki Uilyams, Lyaport.
Ogohlantirishlar: Pike (22), Iturrasp (27), De Markos (34), Lyaport (70).

Top