08:10 / 06.02.2017
9018

OAV: Pentagon turli mamlakatlardagi minglab havo zarbalari xususida lom-mim demagan

Foto: AFP

Pentagon ma'muriyati 2001 yildan buyon Iroq, Suriya va Afg‘onistonda amalga oshirilgan va insonlarning umriga zomin bo‘lgan havo zarbalari xususida xabar bermagan. Bunday zarbalar soni esa, minglab holatlarni tashkil etadi, deb yozmoqda Military Times nashri. Harbiylar buni odatdagi amaliyot sifatida qabul qilishgan. 

Nashrning yozishicha, AQSh birgina 2016 yilda Afg‘onistonda bergan 456 havo zarbasi AQSh HHK yurituvchi va kongress, harbiy tahlilchilar, AQSh ittifoqchilari hamda tadqiqotchilar tayanadigan ochiq ma'lumotlar bazasiga kiritilmagan. Bu zarbalar vertolyotlar va dronlar vositasida amalga oshirilgan. Xabar qilinishicha, ushbu ma'lumotlar bazasi "terrorizmga qarshi urush" boshlangan 2001 yil oktabr oyidan buyon qisman to‘ldirilgan. 

Harbiylar maxfiy vakilining so‘zlariga ko‘ra, AQSh havo zarbalarini yashirishga urinmayapti. 

"Bu havo zarbalari avval nazorat qilingan. Har doim shunday bo‘lgan. Masalan, biz hozirda Apache vertolyotlari amalga oshirgan havo zarbalarini hisobga olmaymiz", — degan manba. 

Biroq, deb yozadi nashr, AQSh armiyasi Apache vertolyotlaridan, asosan, IShIDga qarshi kurashda foydalanadi. 

Top