11:07 / 06.02.2017
11061

Tramp: AQSh xatolari ko‘plab insonlar umriga zomin bo‘ldi

AQSh juda ko‘plab xatolar qilgani sababli katta miqdorda insonlar hayotdan ko‘z yumdi, deya bayonot berdi prezident Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

Bu mavzu teleboshlovchi Trampning RF prezidenti Vladimir Putinni qanchalik hurmat qilishiga oid savol berganidan so‘ng paydo bo‘ldi. Jurnalist Rossiya yetakchisini "qotil" deb atagach, Oq uy rahbari "qotillar ko‘pligini va uning mamlakati ham bu borada begunoh emas"ligini aytgan.

"Keling, bir yodga olamiz, bizlar nimalar qilib qo‘ydik. Biz juda ko‘p xato qildik. Masalan, men avvalboshdanoq Iroqdagi urushga qarshi chiqqanman", — degan Tramp.

Jurnalistning "bular shunchaki xato bo‘lgani"ni, qotillik emasligini qayd etishiga javoban, Tramp: "Yaxshi. Ammo, ko‘plab odamlar halok bo‘ldi. Ishoning, atrofda qotillar ko‘p", - deya javob bergan. 

Top