14:01 / 07.02.2017
12053

Apple qariyb 90 ming iPhone 6s smartfonini qaytarib olmoqda

Foto: AP

Apple kompaniyasi Birlashgan Arab Amirliklarida 88,7 ming iPhone 6s smartfonlarini qaytarib olmoqda. Bu holat quvvatlantirish tizimidagi nosozlik tufayli yuz berdi, deb xabar qilgan TASS.

Apple mamlakat iqtisodiyot vazirligiga maxsus xabarnoma yubordi - unda 2015 yilning kuzida chiqarilgan bir necha ming uskunalar qaytarib olinishi haqida aytilgan. Xabarga ko‘ra, bu iste'molchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida amalga oshirilmoqda. BAAdagi iPhone 6s qurilmasining bir necha foydalanuvchilari o‘z smartfonlari kutilmaganda o‘chib qolishidan shikoyat qilgandi.

Avvalroq Apple Hindistonda ishlab chiqarish jarayonini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayotgani haqida xabar qilgandik.

Top