Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eyfel minorasini terrorchilardan oynali devor bilan himoya qilishmoqchi
Fransiya poytaxti Parij shahridagi Eyfel minorasi o‘q o‘tkazmaydigan 2,5 metrli oynadan bo‘lgan devor bilan himoyalanadi. Bu xavfsizlik maqsadida amalga oshiriladi, deb xabar bermoqda "Parizen" gazetasi.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, oyna joriy kuzdayoq o‘rnatiladi. Unga taxminan 20 million yevro miqdorida mablag‘ sarflanishi kutilmoqda.
Eyfel minorasiga xizmat ko‘rsatish jamiyati rahbari Bernar Goderning aniqlik kiritishicha, o‘q o‘tkazmaydigan to‘siq Eyfel minorasi atrofidagi bog‘larning ko‘p qismini ham o‘z ichiga qamrab oladi. Parij shahri yettinchi okrugi hokimi Rashida Dati ma'muriyati bu xabarga hozircha izoh bermadi.
Mavzuga oid
10:57 / 08.01.2026
Parij va Amsterdamda qor sabab yuzlab aviareyslar bekor qilindi
09:47 / 31.10.2025
Luvrdagi o‘g‘rilik bo‘yicha yana besh gumondor qo‘lga olindi
13:41 / 03.09.2025
Deparde jinsiy zo‘ravonlik ayblovi bo‘yicha sudga tortiladi
08:12 / 06.07.2025