14:23 / 10.02.2017
7024

Xitoyda o‘yinchoq to‘pponcha yordamida qariyb 900 ming dollarni o‘marib ketishdi

Xitoy Agrar banki inkassatorlik xizmati ishchisi to‘rt qo‘riqchini dog‘da qoldirib, uni yollagan tashkilotni 870 ming dollarga tunab ketdi. Bu haqda China Daily gazetasi xabar berdi.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, hodisa Lyaonin viloyatidagi Inkou shahrida ro‘y bergan. Zirhlangan avtomobil taxminan 5 million dollarni olib ketayotgan bo‘lgan, biroq belgilangan yo‘nalishdan chiqib ketgan.

Jinoyatchi qo‘riqchilarning qurollarini tortib olib, so‘ng ularni mahkam bog‘lab qo‘ygan. U bularning barchasini o‘yinchoq to‘pponcha yordamida amalga oshirdi. Erkak pullarning bir qismini olib qochib ketgan. Huquqni muhofaza qilish organlari sakkiz soatdan so‘ng jinoyatchini o‘z xonadonida qo‘lga olishdi. Ushbu holat bo‘yicha surishtiruv olib borilmoqda.

Top