Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev: “Qonun himoyachilarining o‘zi jinoyat sodir etsa, oddiy odam dardini kimga aytishi kerak?”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 9 fevral kuni ichki ishlar organlari faoliyati, tizimda mavjud muammo va kamchiliklar, istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
“O‘tgan yilda 4518 nafar xodim, shundan 966 nafar xodim salbiy sabablarga ko‘ra ichki ishlar idoralaridan bo‘shatilgan. Ularning aksariyati poraxo‘rlik, mansab vakolatini suiste'mol qilish, mansab vakolati doirasidan chetga chiqish kabi jinoyatlarni sodir etgan. Bunday holatlarda aholi orasida ichki ishlar xodimining obro‘sini qanday qilib oshirish mumkin? Qonun himoyachilarining o‘zi jinoyat sodir etsa, oddiy odam dardini kimga aytishi kerak?”
Yig‘ilishda o‘z ish faoliyatida jiddiy xato va nuqsonlarga yo‘l qo‘ygani uchun Ichki ishlar vazirligining transportdagi ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i G‘afforov, Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Bobojonov, Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Boboxo‘jayev egallab turgan lavozimlariga noloyiq deb topildi.
Mavzuga oid
18:03 / 06.03.2026
“OAVda boshqacha aylanib ketgani uchun jarayon to‘xtab qolgan” – qurilishda korrupsiya haqida gapirgan tadbirkor ustidan IIVga yozilgani haqida
11:08 / 04.03.2026
Yo‘l bezoriligini targ‘ib qiluvchi akkauntlar bloklanadi - Rustam Jo‘rayev
15:28 / 02.03.2026
Yanvarda tashqi savdo aylanmasi 1,3 mlrd dollarga oshdi
08:00 / 01.03.2026