1939 yilda Sobiq Ittifoq va natsistlar Germaniyasi nafaqat Polshani o‘zaro bo‘lib olish haqida kelishib olishgan, balki nemis tomonga Sobiq Ittifoq neftini yetkazib berish haqida ham bir qarorga kelishgan edi. Bu Hitler tomonidan urush vaqtida avvaliga Buyuk Britaniyaga, so‘ngra Sobiq Ittifoqning o‘ziga qarshi ishlatildi, deb yozadi Arutz 7. Ayni damda Vladimir Putin Eron bilan Suriyani bo‘lib olish haqida kelishishga urinib, shuningdek, unga uran yetkazib berib, Stalinning eng falokatli xatosini takrorlamoqda, deyiladi Mark Langfanning Arutz 7 uchun yozgan maqolasida.

“1939 yilning 23 avgustidagi natsistlar va Sobiq Ittifoq o‘rtasidagi dahshatli pakt haqida barchaga ma'lum. Unda Hitler va Stalin Yevropaga birgalikda hujum qilish hamda uni bosib olishga rozi bo‘lishgan”, - deyiladi maqolada.

Hitlerning Polshaga bostirib kirishi Buyuk Britaniya va Fransiyaning natsistlar Germaniyasiga urush e'lon qilishiga sabab bo‘ldi. Shu bilan birga, britaniyalik bosh vazir Uinston Cherchill Sobiq Ittifoqqa urush e'lon qilmagan, garchi u polshaliklar hududiga bostirib kirgan bo‘lsa-da.

Biroq Germaniya va Sobiq Ittifoq o‘rtasidagi 1939 yilgi kelishuvning eng muhim jihatlaridan biri Polshaga bostirib kirish emas, balki nemislarga neft va boshqa muhim tabiiy resurslarni yetkazib berish edi. Bu esa Hitlerning avvaliga Buyuk Britaniyaga, keyin esa Sobiq Ittifoqning o‘ziga qarshi ham harbiy harakatlariga qo‘shimcha kuch berdi, deyiladi maqolada.

“Aslida Hitlerga 1939 yildan boshlab to “Barbarossa” amaliyotiga qadar yetkazib berilgan Sobiq Ittifoq nefti bo‘lmaganda, unda 1941 yilning 22 iyun kuni Sobiq Ittifoqqa samarali hujum qilish uchun yoqilg‘i bo‘lmagan bo‘lardi”, - deya yozadi Langfan.

Sobiq Ittifoq Hitler qo‘shinlarining hujumi natijasida 4 million askarini yo‘qotdi, 3 million kishi esa asirlikka olingan – bularning bari natsistlar Germaniyasiga Stalin tomonidan neft yetkazib berilishi tufayli ro‘y berdi, deya ta'kidlaydi Arutz 7.

Maqolada aytilishicha, Stalin va “tashqi ishlar vaziri Ribbentrop” tarixdagi eng katta tentaklar bo‘lishgani katta ehtimolga yaqin. Muallifning fikricha, ular shunday "tentaklar" bo‘lib prezident "Putin va uning tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov" davriga qadar qolishgan.

Stalin Hitlerga ikkita sovg‘a taqdim etgan: Polsha va neftni, deyiladi maqolada. Bugun esa Putin Eronga ikkita sovg‘a bermoqda: Suriya va uranni, undan yadro bombalarini tayyorlash mumkin.