23:58 / 22.02.2017
15169

Video: Ona zebra farzandini otaning changalidan qutqarib qoldi

Nambiyadagi "Etosha" milliy parkida odamlar ko‘z o‘ngida haqiqiy drama ro‘y berdi: zebralar sardori o‘z hukmini o‘tkazish maqsadida kichik zebrachani o‘ldirmoqchi bo‘ladi.  Kruger Sightings kanalida mazkur video taqdim etildi. 

Ota zebra dastlab bolasini ko‘lda cho‘ktirmoqchi bo‘ladi. Biroq ona zebra kichik jonivorni himoya qilishga kirishadi. 

Zebra bolasi arang otasining changalidan chiqib ketishga muvaffaq bo‘ladi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, to‘qnashuv o‘rmonga ko‘chgan, ular jonivor jiddiy jarohat olgan bo‘lishiga qaramay omon qolganiga umid bildirishdi. 

Mavzuga oid
Top