21:35 / 02.03.2017
8157

Aguero "Real" bilan bog‘liq xabarlarga izoh berdi

"Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero o‘zining kelajagi haqidagi savollarga javob berdi. 

"Barchasi iyunda ma'lum bo‘ladi. Men "Manchester Siti"da iloji boricha uzoq qolmoqchiman. Klubga eng yaxshi narsalarni berish uchun menda 3 oy bor, qolgani keyin oydinlashadi. Klubda bu borada muzokaralar olib borishayotgani va buni menga xabar berishgani boshqa-boshqa narsa. Hozircha menga xabar berishmadi, men shunchaki futbol o‘ynashni davom ettirishim kerak. 

Men "Real" haqida o‘ylamayapman. Butun e'tiborim "Manchester Siti"ga qaratilgan. Umid qilamanki, mavsum so‘nggiga qadar biz biror bir sovrinni qo‘lga kiritamiz, bu muhim o‘rin egallaydi. Keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz. Ispan jamoalari haqida o‘ylamayapman", – dedi Aguero. 

28 yoshli futbolchining shaharliklar bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilning yozida yakuniga yetadi. 

Mavzuga oid
Top