07:32 / 02.03.2017
7313

Angliya kubogi. «Manchester Siti» raqibini tor-mor keltirdi

Angliya kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan qayta o‘yin bo‘lib o‘tdi. Unda «Manchester Siti» o‘z uyida chempionship vakili «Haddersfild»ni qabul qildi.

Birinchi uchrashuvda hisob ochilmagani bois jamoalar qayta o‘yin o‘tkazishdi. Uchrashuvda birinchi bo‘lib mehmonlar hisobni ochishgandi, lekin bu ularning zarariga ishladi. Jahl otiga mingan «Manchester Siti» shundan so‘ng birin-ketin gollar kiritdi va oqibatda yakuniy hisob 5:1 ko‘rinishini oldi. «Manchester Siti» shu tariqa chorak finalning so‘nggi ishtirokchisi bo‘ldi.

Xosep Gvardiola shogirdlari 1/4 finalda «Middlsbro»ga qarshi mehmonda to‘p surishadi.

Angliya Kubogi, 1/8 final
Qayta o‘yin

Manchester Siti – Haddersfild 5:1 (3:1)
Gollar:
 Sane (30), Aguero (35-pen, 73), Sabaleta (38), Iheanacho (90+1) – Bann (7).
Manchester Siti: Bravo, Stounz, Klishi, Sabaleta, Otamendi, de Bryuyne (Delf, 75), Fernandino, Aleysh Garsiya, Sane (Navas, 81), Sterling, Aguero (Iheanacho, 79).
Haddersfild: Koulmen, Hadson, Holms-Dennis, Kreyni, Gorents-Stankovich, Peyn, Billing (Xogg, 67), Lolli (Smit, 61), Uaythed, Bann (van La Parra, 54), Kvaner.
Ogohlantirishlar: Hadson (15), Gorents-Stankovich (34).

Mavzuga oid
Top