Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pensionerlarga kunduzi Toshkent metrosidan foydalanish bepul bo‘ldi
Toshkent metropolitenida harakatlanish pensionerlar uchun soat 10:00dan soat 16:00gacha bepul bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahri hokimiyatida o‘tkazilgan brifing chog‘ida Toshkent shahri metropoliteni boshlig‘i Oybek Xudoyqulov «Kun.uz» muxbiriga ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, bu masala bo‘yicha 9 mart kuni Vazirlar Mahkamasining va Toshkent shahar hokimligining «Toshkent metropolitenida pensionerlarga bepul xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan. Yangilik 15 martdan joriy etiladi.
Qarorga ko‘ra, metropoliten operatoriga pensionerlik guvohnomasini ko‘rsatgan yo‘lovchilarga maxsus (bepul), rangi qizil jyeton beriladi va ular alohida ajratilgan turniketdan o‘tishi mumkin bo‘ladi.
Bu yangilik tufayli metropoliten ko‘radigan zarar davlat byudjyeti hisobidan qoplanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2016 yili o‘z saylovoldi uchrashuvlaridan birida pensionerlarning metropolitendan bepul foydalanishi ehtimoli haqida aytib o‘tgan edi.
Mavzuga oid
10:34 / 06.12.2025
«Yer usti halqa yo‘li» yo‘nalishi va markaziy metro bekatlarida kassalar yopiladi
14:34 / 05.12.2025
Toshkentda metro uzunligi 103 kilometrga, "parkovka" o‘rinlari 150 mingtaga yetkaziladi
11:15 / 13.11.2025
Toshkent metrosi bir kunda o‘rtacha 753 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi
18:04 / 12.11.2025