10:07 / 15.03.2017
15844

Dunyoning 2017 yildagi eng yaxshi aeroportlari aniqlandi

Aviakompaniyalar va aeroportlar bo‘yicha konsalting xizmatini ko‘rsatishga ixtisoslashgan Skytrax kompaniyasi navbatdagi tadqiqotini e'lon qildi. Unda dunyoning eng yaxshi aeroportlari bir necha yo‘nalish bo‘yicha aniqlangan. Singapurning Changi xalqaro aeroporti beshinchi yildirki dunyoning eng yaxshi aeroporti nomini o‘zida saqlab qolgan. 

"Besh yil davomida eng yaxshi nomni saqlab qolish – aeroport uchun juda ajoyib natija, bu Changining xorijlik sayyohlar orasida mashhurligini isbotlaydi", - degan Skytrax rahbari Edvard Pleystid. Singapur havo gavani bir vaqtning o‘zida Osiyoning ham eng yaxshi aeroporti deb topilgan. Bundan tashqari, "dam olish uchun qulaylik" yo‘nalishida ham yetakchilikni qo‘lga kiritgan.

Aytish joizki, hisobotga ko‘ra, Osiyoning yana ikki aeroporti yetakchi uchlikdan joy olgan. Bular Tokio Xaneda xalqaro aeroporti va Seulning Inchon aeroportidir. Yevropa aeroportlari orasida eng yuqori – to‘rtinchi o‘ringa Myunxen aeroporti munosib ko‘rilgan. 

Tokio Xaneda xalqaro aeroporti
Seul Inchon aeroporti
Myunxen aeroporti

Tadqiqot 105 davlatning 13,8 mln sayohatchilarining fikrini o‘rganish vositasida o‘tkazilgan. Ishtirokchilar dunyo bo‘yicha 550 aeroportni turli ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholagan. Bular orasida ro‘yxatdan o‘tish, kelish, ikkinchi reysga o‘tish, xavfsizlik tizimi, do‘konlarning mavjudligi va ko‘pligi kabilar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishgan. 

Mavzuga oid
Top