16:48 / 16.03.2017
8358

«Monako»ga qarshi uchrashuvda futbolchilar Gvardiolaning ko‘rsatmasini bajarmagan

«Manchester Siti» himoyachisi Gael Klishi Yevropa chempionlar ligasining 1/8 finali «Monako»ga qarshi javob uchrashuvi (1:3) borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Birinchi bo‘limda biz o‘z darvozamizga juda yaqin o‘ynadik, natijada hujum boshlashda juda katta muammolarga duch keldik.

Tanaffusdan keyin esa o‘yin taqdirini hal qilishimiz mumkin bo‘lgan uch-to‘rtta imkoniyatga ega bo‘ldik. Keyin esa standart vaziyatdan gol o‘tkazib yubordik. «Monako»ga qarshi borimizni berishimiz kerak edi.

Gvardiola – o‘zining falsafasiga ishonadigan shaxs. U jamoa birinchi bo‘limda ko‘rsatgan o‘yini kabi o‘ynashini istamagandi. Murabbiy bizdan oldinga borishni va o‘sha yerda pressing qilishimiz zarurligini uqtirgandi. Biz esa uning ko‘rsatmalarini bajara olmadik, aksincha barchasini teskari amalga oshirdik», – degan Klishi.

Mavzuga oid
Top