2017 yil 18 mart kuni «O‘zbekiston» sport majmuasida katta boks kechasi bo‘lib o‘tdi. The World Series Boxing (WSB) – Butunjahon Boks Seriyasining VII fasl to‘rtinchi bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvda Uzbek Tigers («O‘zbek yo‘lbarslari») va China Dragons («Xitoy ajdarlari») jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Unda 52, 60, 69, 81 va +91 kg vazn toifasidagi bokschilar ringga ko‘tarilishdi. O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylari xitoyliklarga qarshi Qozog‘istonda Astana Arlans Kazakhstan jamoasiga mag‘lub bo‘lgan tarkibni tushirishga qaror qildi. Ta'kidlash joizki, bu safar «O‘zbek yo‘lbarslari» ishonchni oqladi. 

Shahram G‘iyosov va Bektemir Meliqo‘ziyev

52 kg:     Abrorjon Qodirov           vs               Chang Yong
60 kg:     Murodjon Ahmadaliyev    vs               Wang Sen
69 kg:     Shahram G‘iyosov                  vs               Liu Wei
81 kg:     Bektemir Meliqo‘ziyev       vs               Huang Jiabin
+91kg:    Bahodir Jalolov             vs               Mu Haipeng

Musobaqa reglamentiga ko‘ra, bokschilar har biri 3 daqiqadan bo‘lgan 5 raund kurash olib borishdi. 

Abrorjon Qodirov

Dastlab ringga 52 kg vazn toifasidagi bokschilar Abrorjon Qodirov va Chang Yong chiqib kelishdi. Hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston chempioni Abrorjon Qodirov raqibini 3-0 hisobida mag‘lub etdi. 

Murodjon Ahmadaliyev

Undan so‘ng, 60 kg vazn toifasidagi bokschilar ringga ko‘tarilishdi. Rio-2016 bronza medali sovrindori Murodjon Ahmadaliyev Wang Sen’ga qarshi imkoniyatini sinab ko‘rdi. U ringda o‘z tajribasidan to‘la foydalana oldi va jamoada birinchi bo‘lib, jangdagi hisobni ochdi. U raqibini nokdaun holatiga uchratdi. Murodjon ham xitoylik bokschi ustidan, hakamlar qarori bilan 3-0 hisobida