15:11 / 30.03.2017
6396

Arab davlatlari qochqinlarga panoh beruvchi davlatlarni qo‘llashga kelishib oldi

Foto: Anadolu

Iordaniya poytaxti Oman shahrida o‘tkazilgan Arab davlatlari ligasining 28-sammitida Suriya inqirozini tinch yo‘l bilan hal etish ishlarini davom ettirish va suriyalik qochqinlarga boshpana beruvchi davlatlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Shuningdek, ADL bosh kotibi Ahmad Abu Gaytom o‘qigan sammitning yakuniy deklaratsiyasida terrorizmga qarshi kurash masalalarida zarur choralarni ko‘rish belgilangan.

Deklaratsiya 15 punktdan iborat bo‘lib, unda Eronga qarshi qaratilgan ham o‘rin olgan.

Deklaratsiyada Falastin-Isroil ziddiyatini «ikki xalq uchun ikki davlat» tamoyili ostida hal qilish zarurligi qayd etilgan.

ADLning 29-sammiti Ar Riyodda bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid
Top