Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning Udmurtiya respublikasi rahbari qo‘lga olindi
Rossiyaning Udmurtiya respublikasi rahbari Aleksandr Solovev qo‘lga olindi. U 140 million rubl miqdorida pora olganlikda gumonlanmoqda. Bu haqda RF Tergov qo‘mitasi rasmiy vakili Svetlana Petrenko ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, amaldorga nisbatan o‘ta yirik hajmda pora olish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergovga ko‘ra, Solovev 2014-2016 yillarda Kama va Buy daryolari ustida ko‘prik qurish bilan shug‘ullangan kompaniyadan 139 million rubl olgan. Bundan tashqari, unga tijorat tashkilotining 2,7 million rubllik ulushi ham tekkan.
Tergovchilarning fikricha, mintaqa rahbari buning uchun ishlarga navbatdan tashqari to‘lovni federal va mintaqaviy byudjyet hisobidan amalga oshirishi lozim bo‘lgan.
Mavzuga oid
15:11
Duma deputati: WhatsApp Rossiyada 2026 yilda to‘liq bloklanishi mumkin
09:12
−10°Cda o‘chirishlar: Kiyevda elektr, suv va issiqlik ta’minoti izdan chiqdi
08:24
Zelenskiy: Ukraina tinchlikka to‘siq bo‘lmagan va bo‘lmaydi
22:26 / 15.01.2026