17:16 / 05.04.2017
8252

Toshkentning Yunusobod va Olmazor tumanlari aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi

5 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahri, Yunusobod va Olmazor tumanlaridagi Xalq qabulxonalari tomonidan aholi uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati mas'ul xodimlari, Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Bosh prokuratura, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim, Favqulodda vaziyatlar, Xalq ta'limi, Sog‘liqni saqlash, Ichki ishlar, Mudofaa, Moliya, Mehnat, Adliya vazirliklari, Davlat raqobat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya va kartografiya davlat qo‘mitasi, Markaziy bank, “O‘ztransgaz”, “JM-O‘zbekiston” aksiyadorlik jamiyatlari, “O‘zavtoyo‘l” kompaniyasi, Toshkent shahar hokimligi, shahar prokuraturasi, ichki ishlar boshqarmasi, sud idoralari rahbarlari, tegishli boshqarma va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga tuman aholisi tomonidan yo‘llangan murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, joriy yilning 4 aprel kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga Yunusobod tumani aholisidan 20 389 ta murojaat yuborilgan. Shundan 19 607 tasi jismoniy shaxslardan, 782 tasi yuridik shaxslardan kelib tushgan. Kelib tushgan murojaatlarning 18 136 tasi (89 foizi) ko‘rib chiqilgan bo‘lib, hozirda 2 253 ta (11%) murojaat ko‘rib chiqilish jarayonida.

Yunusobod tumanidan kelgan murojaatlar sohalar bo‘yicha o‘rganilganda murojaatlarning asosiy qismi quyidagi masalalar bo‘yicha ekanligi aniqlandi:

- Uy-joy olish va uy-joy qurish uchun yer ajratish, joylarda uy-joylarning tamirga muxtojligi yuzasidan masalasi bo‘yicha 3 874 ta murojaat (19,0%);
- Bank-moliya masalalari bo‘yicha 1 485 ta murojaat (7,3%);
- Moddiy yordam, ish haqi, pensiya ta'minoti hamda bolalar nafaqasini olish masalalari bo‘yicha 1 270 ta murojaat (6,2%);
- Fuqarolikni qabul qilish va fuqarolikdan chiqish, pasport olish va propiskaga o‘tish masalalari bo‘yicha 1 253 ta murojaat (6,1%);
- Sudlarda jinoyat ishlari, fuqarolik ishlari, xo‘jalik sudlarida ishlar ko‘rilishi bo‘yicha 1 154 ta murojaat (5,7%);
- Obodonlashtirish va kommunal xo‘jaligi masalalari, shu jumladan yo‘llarni ta'mirlash masalalari bo‘yicha 965 ta murojaat (4,7%); 
- Mehnat va bandlik masalasi, shu jumladan ishga joylashish va ishga tiklanish masalalari bo‘yicha 894 ta murojaat (4,4%);
- Sud qarorlarining ijro etilishi masalalari bo‘yicha 850 ta (4,2%);
- Surishtiruv va tergov masalalari bo‘yicha 653 ta murojaat (3,2%);
- Ta'lim sohasidagi masalalar bo‘yicha 620 ta murojaat (3,0 %);
- Issiqlik ta'minoti masalasi bo‘yicha 500 ta murojaat (2,5%);
- Sog‘liqni saqlash masalasi bo‘yicha 404 ta murojaat (2,0%);
- Transport va yo‘lovchi tashish xizmatlari masalasi bo‘yicha 359 ta murojaat (1,8%);
- Tabiy gaz ta'minoti masalasi bo‘yicha 255 ta murojaat (1,3%);
- Tadbirkorlik sub'yektlari hamda mulkdorlar faoliyatiga bog‘liq boshqa masalalari bo‘yicha 234 ta murojaat (1,1%);
- Elektr ta'minoti masalasi, shu jumladan elektr energiyasini o‘chirilishi va asossiz qarzdorlik hisoblanishi bo‘yicha 197 ta (1,0%) kelib tushgan.

Toshkent shahri Olmazor tumani bo‘yicha murojaatlar soni jami 16 640 tani tashkil qiladi. Shundan, 15 962 tasi jismoniy shaxslardan, 678 tasi yuridik shaxslardan kelib tushgan. Kelib tushgan murojaatlarning 14 793 tasi (88,9%) ko‘rib chiqilgan bo‘lib, hozirda 1 847 ta (11,1%) murojaat ko‘rib chiqilish jarayonida.

Olmazor tumanidan kelgan murojaatlar sohalar bo‘yicha o‘rganilganda murojaatlarning asosiy qismi quyidagi masalalar bo‘yicha ekanligi aniqlandi:

- Uy-joy olish va uy-joy qurish uchun yer ajratish, joylarda uy-joylarning tamirga muxtojligi yuzasidan masalasi bo‘yicha 4 329 ta murojaat (26,0%);
- Bank-moliya masalalari bo‘yicha 1 299 ta murojaat (7,8%);
- Moddiy yordam, ish haqi, pensiya ta'minoti hamda bolalar nafaqasini olish masalalari bo‘yicha 1 038 ta murojaat (6,2%);
- Fuqarolikni qabul qilish va fuqarolikdan chiqish, pasport olish va propiskaga o‘tish masalalari bo‘yicha 783 ta murojaat (4,7%);
- Sudlarda jinoyat ishlari, fuqarolik ishlari, xo‘jalik sudlarida ishlar ko‘rilishi bo‘yicha 782 ta murojaat (4,7%);
- Obodonlashtirish va kommunal xo‘jaligi masalalari, shu jumladan yo‘llarni ta'mirlash masalalari bo‘yicha 405 ta murojaat (2,4%); 
- Mehnat va bandlik masalasi, shu jumladan ishga joylashish va ishga tiklanish masalalari bo‘yicha 849 ta murojaat (5,1%);
- Sud qarorlarining ijro etilishi masalalari bo‘yicha 779 ta (4,7%);
- Surishtiruv va tergov masalalari bo‘yicha 386 ta murojaat (2,3%);
- Ta'lim sohasidagi masalalar bo‘yicha 489 ta murojaat (2,9 %);
- Issiqlik ta'minoti masalasi bo‘yicha 141 ta murojaat (0,8%);
- Sog‘liqni saqlash masalasi bo‘yicha 379 ta murojaat (2,3%);
- Transport va yo‘lovchi tashish xizmatlari masalasi bo‘yicha 264 ta murojaat (1,6%);
- Tabiy gaz ta'minoti masalasi bo‘yicha 410 ta murojaat (2,5%);
- Tadbirkorlik sub'yektlari hamda mulkdorlar faoliyatiga bog‘liq boshqa masalalari bo‘yicha 128 ta murojaat (0,8%);
- Elektr ta'minoti masalasi, shu jumladan elektr energiyasini o‘chirilishi va asossiz qarzdorlik hisoblanishi bo‘yicha 224 ta (1,3%) kelib tushgan.

Sayyor qabulda tumanlar fuqarolari tomonidan yo‘llangan 200 dan ziyod murojaatlar har tomonlama tahlil qilinib, ularning yuzaga kelish sabablari o‘rganildi. Fuqarolar va tadbirkorlar o‘zlarini qiynayotgan muammolar yuzasidan bevosita tegishli sohalarga mas'ul bo‘lgan rahbarlarga bevosita murojaat qilish va ular yuzasidan javob olish imkoniga ega bo‘ldi.

Murojaatlarning aksariyat qismi joyida yechimini topdi, qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha mutasaddi idora va tashkilotlar vakillariga topshiriqlar berildi.

Manba: Facebook.com/Xalq bilan muloqot - guruhi.

Mavzuga oid
Top