Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buick markasi yangi modelini namoyish qildi
Buick markasining yangi Velite 5 modeli Chevrolet Volt’ning ko‘rinishi o‘zgartirilgan versiyasi hisoblanadi. Quvvatlanuvchi mashina Xitoy bozoriga mo‘ljallangan va uning boshqa davlatlarda sotilishi bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q.
Velite 5 tashqi ko‘rinishi bo‘yicha Chevrolet Volt’dan radiator panjarasi, bamperlar va kunduzgi yurish chiroqlarining yorug‘lik diodli bloklari bilan ajralib turadi. Yangi model saloni "Volt"niki kabi bo‘lib, qoplama materiallari bilangina farqlanadi. Yangi model 1,5 litrli 102 ot kuchiga ega benzinli motor, 118 va 65 ot kuchi beruvchi ikkita elektrodvigatel, litiy-ionli batareya va variator bilan jihozlangan. Mashina to‘liq quvvatlangan elektrodvigatellarda 116 km, gibrid rejimda esa 768 km yo‘l bosib o‘ta oladi. Mashinaning to‘liq quvvatlanishi uchun 4,7 soatga yaqin vaqt ketadi.

Velite 5 10 ta xavfsizlik yostiqchasi, raqamli asboblar paneli, 8 dyuymli tachskrin va Apple CarPlay’ni qo‘llab-quvvatlovchi multimedia tizimi, moslashuvchan iqlim-nazorati, harakatlanish polosasida ushlab turish tizimi, avtoparkovkachi bilan jihozlangan.

Xetchbek 18 aprelda ilk bor ommaga namoyish qilinadi. Mashina Xitoyda General Motors va SAIC kompaniyalarining qo‘shma korxonasida ishlab chiqariladi.

Mavzuga oid
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
20:07 / 30.01.2026