20:29 / 07.04.2017
9712

Kelgusi turdan so‘ng APLda yana bir murabbiy iste'foga chiqarilishi mumkin

«Vest Hem» bosh murabbiyi Slaven Bilich o‘z vazifasini tark etishi mumkin. Agar jamoa APL 32-turidan o‘rin olgan «Suonsi»ga qarshi mutaxassis ishdan bo‘shatiladi, deb yozmoqda The Telegraph.

Qayd qilinishicha, Bilich jamoani tark etsa, uning o‘rnini klub akademiyasi rahbari Terri Uestli egallaydi. U oldinroq Bilich oilaviy muammolar sabab vataniga borib kelganida jamoani vaqtinchalik boshqarib turgandi.

«Vest Hem» Angliya premer-ligasida ketma-ket beshta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradi. Jamoa 31 uchrashuvdan keyin 15-o‘rinda bormoqda. Bilich jamoa boshqaruvida 2015 yilning yozidan buyon ishlab kelmoqda.

Top