Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Stokholm terakti ijrochisi o‘tgan yilda O‘zbekistonga deportatsiya qilinishi kerak bo‘lgandi
Shvetsiya hukumati Stokholm terakti ijrochisi sifatida gumon qilinayotgan 39 yoshli shaxs politsiya qidiruvida bo‘lganini ma'lum qildi. Ushbu shaxs deportatsiya qilingach, qochib yurgandi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.
Politsiyaning jurnalistlarga ma'lum qilishicha, 7 aprel kuni Shvetsiya poytaxtida odamlarni bosib yurib, terakt sodir etgani uchun qo‘lga olingan O‘zbekiston fuqarosi 2014 yilda boshpana so‘ragandi. Hukumat uning so‘rovini o‘tgan yilning iyunida rad etadi. Sud qaroriga ko‘ra u deportatsiya qilinishi kerak bo‘lgan. Sud 4 hafta bergan. Keyin u yashiringan. 24 fevral kuni politsiya uni qidiruvga bergan.
«U izsiz yo‘qoldi. Uni o‘zi ko‘rsatgan manzildan topishning imkoni bo‘lmadi», - degan Shvetsiya politsiyasi vakili Jonas Heysing.
7 aprel kuni Spendrups kompaniyasiga tegishli bo‘lgan o‘g‘irlab ketilgan yuk mashinasi Stokholm markazidagi Drottninggatan ko‘chasida odamlar ustiga haydaldi. Ushbu hodisa oqibatida 15 kishi jarohat oldi va 4 kishi halok bo‘ldi.
Terakt ishi bo‘yicha O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘lgan 39 yoshli shaxs qo‘lga olingandi, uning shaxsi hozirgacha ma'lum qilinmadi.
Maxsus xizmatlarning tekshiruvlarida aniqlanishicha, ushbu shaxs ijtimoiy tarmoqlar orqali terroristik guruhlar bilan ham aloqada bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:56 / 04.12.2025
Janubiy Koreya noqonuniy migrantlarning ixtiyoriy ravishda chiqib ketishi uchun 90 kunlik dastur e’lon qildi
18:33 / 26.11.2025
Qozog‘istonda chet elliklarni ro‘yxatga olish bo‘yicha yangi qoidalar joriy etiladi
15:05 / 25.11.2025
NATO aviabazasi yaqinida teraktga urinish: Litvada 18 yoshli ukrain fuqarosi qamaldi
12:30 / 24.11.2025