Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda “Spark” ichidan 7 yarim million so‘mni o‘marib ketganlar ushlandi
Toshkent shaxrining Yakkasaroy tumanida noma'lum shaxs Bobur ko‘chasida joylashgan “Al-Qasr” kafesi oldida 1989 yilda tug‘ilgan fuqaroning “Spark” rusumli avtomashinasining orqa o‘rindig‘ida turgan, ichida 7.600.000 so‘m puli bo‘lgan tselofan paketini olib, voqea joyidan yashiringan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ichki ishlar organlari xodimlarining tezkorlikda ko‘rgan choralari natijasida mazkur jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib, Sergeli tumanida yashovchi, 1983 yil va 1994 yilda tug‘ilgan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Agarda “Spark” egasi avtomashinasini qarovsiz qoldirmay, hushyorroq bo‘lganida mazkur jinoyat jabrdiydasiga aylanmagan bo‘lar edi. Yaxshiyamki, uning baxtiga jinoyat tezkorlik bilan fosh etilib, pullari o‘ziga qaytarildi.
Mavzuga oid
12:05 / 07.01.2026
Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq shaxsning pullari o‘g‘irlangan – manba
14:39 / 06.01.2026
Germaniya tarixidagi eng yirik bank o‘g‘riligi: birinchi muhim dalil topildi
11:55 / 03.01.2026
Bild: Gelzenkirxendagi bankdan 100 mln yevrodan ortiq pul o‘marilgan
13:44 / 02.01.2026