Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda haydovchisiz yuk mashinasini sinovdan o‘tkazilmoqda
Xitoyning FAW kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan yuk mashinasi muvaffaqiyatli ravishda sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu yuk mashinasi nusxasi yo‘lda haydovchi yoki operator yordamisiz mustaqil ravishda harakatlanishi mumkin.
Yuk mashinasi Changun shahrida joylashgan tajriba poligonida sinovdan o‘tkazildi. Muhandislarining hisobotiga ko‘ra, avtomobil qo‘yilgan vazifalarni a'lo darajada uddalagan, yo‘ldagi vaziyat o‘zgarishiga yaxshi tayyorlangan bo‘lgan, shuningdek burilishlarda, tezlikni oshirish yoki pasaytirishda hamda mustaqil ravishda quvib o‘tishda a'lo natijalarni ko‘rsatgan.
Sinxua agentligining kompaniya matbuot xizmatiga asosan xabar berishicha, FAW avtonom boshqaruv funksiyasiga ega yuk mashinalarni 2018 yildayoq seriyali ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Buning uchun sheriklar bilan kerakli shartnomalar imzolangan, shu sababdan faqatgina avtopilotning ishonchiligini tekshirish qoldi, xolos.
FAW kompaniyasi – Xitoy yuk mashinalari bozori yetakchisi bo‘lib, haydovchisiz transportga Baidu va Tencent kabi yirik kompaniyalar mablag‘ yo‘naltirmoqda. Biroq xitoyliklarda raqobatchilar ham bor. Ko‘pchilik Tesla yuk mashinasini katta qiziqish bilan kutmoqda. U joriy yilning kuzida namoyish etilishi mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
20:07 / 30.01.2026