12:21 / 19.04.2017
10151

AQSh bayrog‘i Klinton yodga olingan vaqtda qulab tushdi

AQSh Demokratik partiyasi Milliy qo‘mitasi raisi Tom Peres intervyu berayotgan vaqtda kutilmagan hodisa ro‘y berdi. U MSNBC telekanaliga intervyu berayotgan vaqtda Hillari Klintonni yodga olgan va shu vaqtda orqa fonda osig‘liq turgan davlat bayroqlaridan biri qulab tushgan. 

Peresga Klinton va Berni Sanders elektron pochtasi xususida savol berilgan. Partiya vakili savolga javob berishni boshlagan vaqtda, uning ortida osilib turgan bayroqlardan biri qulagan. Biroq, Peres hech narsa bo‘lmagandek, so‘zida davom etgan. 

Avvalroq, Klintonning o‘zi ishtirokida ham 3 marta shu kabi voqea ro‘y bergan edi. 

Top