15:56 / 19.04.2017
6868

«Bavariya» so‘nggi besh yildagi eng yomon natijasini qayd etdi

Yevropa chempionlar ligasining 1/4 finalidan o‘rin olgan «Real» va «Bavariya» uchrashuvida 2:4 (ikki o‘yinda 3:6) hisobida mag‘lub bo‘lgan «Bavariya» musobaqadagi ishtirokini to‘xtatdi.

Natijada klub so‘nggi besh yildagi eng yomon natijasini qayd etdi. Jamoa so‘nggi marta 2010/2011 yilgi mavsumda 1/8 finalda mag‘lubiyatga uchrab musobaqani («Inter»ga 1:0, 2:3) tark etgandi.

2012 yilda Yupp Haynkess bilan jamoa YeChL finaliga chiqqan, 2013 yilda esa bosh sovrinni qo‘lga kiritgandi Xosep Gvardiola bosh murabbiyligi davrida esa jamoa muntazam ravishda yarim finallarga chiqqan va u yerda ispan jamoalariga mag‘lub bo‘lgandi.

Top