Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Buxoroda yig‘ilish o‘tkazdi
2017 yil 19 aprel kuni Buxoro viloyatida profilaktika inspektorlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, shuningdek, viloyat ichki ishlar boshqarmasi va hokimiyati mutasaddi rahbarlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik A.Boboxonov raisligida Respublika Prezidenti farmon va qarorlarining targ‘iboti bo‘yicha kengaytirilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda A.Boboxonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 apreldagi PF-5005-sonli “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta'minlashda ularning mas'uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyati, maqsadi va undan kelib chiqadigan ustuvor vazifalarni ishtirokchilar e'tiboriga yetkazdi.
Yig‘ilish so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Mavzuga oid
19:53 / 16.01.2026
Taftish.uz saytining 5 xodimi qo‘lga olindi. Ular tovlamachilik va firibgarlik jinoyatlarida ayblanmoqda
11:51 / 16.01.2026
Buxoroda reyd: noqonuniy ov va ilon bilan “sirk” tomoshasi aniqlandi
23:12 / 14.01.2026
Xivadagi Kongress markazi va Farg‘onadagi ekspomarkaz loyihasi prezidentga taqdim etildi
12:05 / 10.01.2026