Idlibda zarin yoki shunga o‘xshash kimyoviy modda qo‘llangani tasdiqlandi
Tahlillar Suriyaning Xan-Shayxun shahriga kimyoviy hujum vaqtida zarin yoki shunga o‘xshash kimyoviy modda qo‘llanganini isbotladi. Bu haqda Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkiloti saytida chop etilgan bayonotda aytilgan.
"Tahlillar natijalari qurbonlar zarin yoki shunga o‘xshash modda ta'siriga uchraganlarini ko‘rsatdi", deyilgan xabarda.
Ushbu hujumning tafsilotlarini o‘rganish bo‘yicha missiya ishini davom ettirmoqda. Tashkilot bosh direktori Axmet Uzyumdjyuning ta'kidlashicha, agar xavfsizlik sohasidagi vaziyat imkon bersa, missiya Xan-Shayxunga jo‘nashga tayyor. Missiya ikki hafta ichida Kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha konvensiyaga a'zo davlatlarga birinchi hisobotni taqdim qilishi kutilmoqda.
Xan-Shayxundagi kimyoviy hujum 4 aprelda amalga oshirilgan. Rossiya mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, Suriya armiyasi jangarilar zaharli moddalar ishlab chiqaruvchi sexni bombardimon qilgan. Vashington esa Damashqni tinch aholiga qarshi kimyoviy hujum sodir etganlikda ayblagan hamda bunga javoban Suriyadagi Shayrat aerodromiga raketa zarbasi bergan. Amerikalik mutaxassislarning fikricha, kimyoviy hujumni amalga oshirgan samolyotlar aynan shu aerodromdan havoga ko‘tarilgan.
Mavzuga oid
16:15 / 25.03.2022
NYT: Oq uy tuzgan maxsus guruh Rossiya yadro quroli qo‘llagan taqdirda javob qaytarish rejasini ishlab chiqmoqda
10:39 / 14.02.2019
Suriyadagi kimyoviy hujumdan keyingi aks etgan holatlar sahnalashtirilgani ma'lum qilindi
11:12 / 22.09.2018
OAV: Suriyada kimyoviy hujumning soxta qurbonlari qutqarilishi videoga olindi
08:43 / 21.09.2018