Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Exit-poll. Asosiy nomzodlarning natijalari bo‘yicha ilk ma'lumotlar berildi
Fransiyadagi prezidentlik saylovida Parij vaqti bilan soat 12:00 holatiga ko‘ra, ekzitpollarning ilk natijalari e'lon qilindi.
Belgiyadagi RTBF telekanali ma'lumotiga ko‘ra, exit polls (saylov uchastkasidan chiqishdagi fuqarolar o‘rtasidagi ijtimoiy so‘rov) mamlakatning sobiq iqtisodiyot vaziri, «Marshda» harakati asoschisi Emmanyuyel Makron ustunlikka erishayotganini ko‘rsatgan. Uning natijasi 24 foizga teng bo‘lib turibdi. Ikkinchi o‘rinda «Milliy front» yetakchisi Marin Le Pen — 22 foiz, uchinchi o‘rinda sobiq bosh vazir, «Respublikachilar» partiyasi vakili Fransua Fiyon — 20,5 foiz, to‘rtinchi o‘rinda esa «Bo‘ysunmagan Fransiya» harakati vakili Jan-Lyuk Melanshon — 18 foiz.
Bundan oldinroq 22 aprel kuni Fransiyaning dengiz orti hududlarida o‘tkazilgan saylov natijalariga ko‘ra, Melanshon ustun kelgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:11 / 29.12.2025
Kosovo saylovlari: hukmron partiya g‘alaba qozondi
18:28 / 27.12.2025
Geologiya fanlari universiteti va Fransiyaning BRGM tashkiloti bilan kelishuvga erishildi
23:38 / 26.12.2025
Zelenskiy ofisi Ukrainada saylov uchun pul yo‘qligini aytdi
23:22 / 25.12.2025