19:11 / 02.05.2017
10793

Sud ijrochisiga qasddan tan jarohat yetkazgan shaxs jazoga tortildi

Namangan shahrida yashovchi fuqaro Sh.Ahmedov, sud qaroriga asosan fuqaro D.Abdurazzaqova foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta'minoti uchun aliment to‘lashi lozim bo‘lsada, 2 million so‘mdan ortiq aliment qarzdorligini to‘lashdan bo‘yin tovlab, sud ijrochilarining Namangan shaxar bo‘limiga kelib, sud ijrochisi D.Ikramovga nima sababdan uni chet davlatga chiqish huquqlarini cheklab qo‘yganligini aytib dag‘dag‘a qiladi va xizmat vazifasini o‘tayotgan xodimini kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqoratlaydi.

Ertasi kun, ya'ni joriy yilning 18 fevral kuni kunduzi Sh.Ahmedov sud ijrochilari bo‘limiga kelib, yo‘l yoqasida turgan sud ijrochisi D.Ikramovga tegishli bo‘lgan “Lachetti” rusumli avtomashinasining chap yon oynasini qo‘lida bo‘lgan avtomashina klyuchi bilan urib sindirganligi, “Lachetti” avtomashinasini signalizatsiyasi ishlab ketganligi sababli sud ijrochisi D.Ikramov, bo‘lim ish yurituvchisi Z.Atamirzayev, fuqarolar I.Solijonov, A.Turg‘unov, S.Olimjanovlar yugurib chiqib, avtomashina oldiga borishganida, Sh.Ahmedov ularni ko‘rib boshqaruvidagi VAZ-2106 rusumli avtomashinasini qarama-qarshi yo‘nalish bo‘ylab boshqarib, yo‘l chetida turgan Z.Atamirzayev, I.Solijonov, A.Turg‘unov, S.Olimjanovlarni ustiga haydab, qasddan urib yuborib, ularga tan jarohati yetkazadi.

Mazkur holat yuzasidan Sh.Ahmedovga nisbatan Namangan shahar prokuraturasi tomonidan 2017 yil 21 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasi, 1-qismi, 219-moddasi, 2-qismi va 277-moddasi, 3-qismi “g”bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Jinoyat Kodeksining 221-moddasi bilan ushlangan va unga nisbatan  qamoqqa olish xaqida ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Sud departamentining matbuot xizmati bergan ma'lumotga ko‘ra, Jinoyat ishi joriy yilning 27 aprel kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudi sayyor ochiq sud majlisida ko‘rib chiqilib, sudlanuvchi Sh.Ahmedov, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasi, 1-qismi, 219-moddasi, 2-qismi va 277-moddasi, 3-qismi “g”bandi bilan aybli, deb topilib, unga 3 yil 9 oy 24 kun ozodlikdan cheklash bilan bog‘liq jazo tayinlanib, jinoyat quroli deb e'tirof etilgan VAZ-2106 rusumli avtomashina davlat foydasiga musodara qilingan.

Mavzuga oid
Top