17:40 / 03.05.2017
8316

Microsoft’ning yangi taqdimotida nimalar namoyish etildi?

Kecha Nyu-Yorkda Microsoft korporatsiyasining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. U #MicrosoftEDU deb nomlandi va ta'lim hamda texnologiyalarga bag‘ishlangan.

«Microsoft missiyasi – ta'lim imkoniyatlarini demokratlashtirishdir», - Satya Nadella shunday so‘zlar bilan tadbirni ochib berdi. 

Quyida eng asosiy yangiliklar haqida ma'lumot beriladi.

Windows 10 S

Microsoft yangi yengillashtirilgan dasturiy ta'minot - Windows 10 S’ni taqdim etdi. U cheklangan funksiyalarga ega: ilovani unga faqatgina Windows Store onlayn-do‘konidan yuklab olish mumkin. Plyuslar orasida – ish tezligining kattaligi va yaxshi himoya.

Windows 10 S o‘quv maqsadlarida ishlatilishiga mo‘ljallangan. Uning narxi 189 AQSh dollariga teng bo‘ladi, shu bilan birga, u Windows 10 Pro’ni ishlatayotgan maktablar uchun bepul bo‘ladi. Yangi dasturiy ta'minotga ega ilk noutbuklar 2017 yilning yozidan sotuvga chiqariladi.

Windows 10 S Google’ning Chrome OS’iga raqobatchi bo‘lishi kutilmoqda.

Microsoft Surface Laptop

Microsoft ta'lim maqsadlariga mo‘ljallangan yangi noutbuk - Surface Laptop’ni ham namoyish etdi. U ham Google’ning Chrome OS boshqaruvidagi xrombukiga raqobatchi bo‘lishi mumkin.

Sufrace Laptop xususiyatlari:
Protsessor: Intel Core i5 va Intel Core i7 (qimmatroq nusxada);
Operativ xotira: 4/8/16 Gb;
Ichki xotira (SSD): 128/256/512 Gb;
DT: Windows 10 S;
Ekran: 13,5 dyuym, kenglik 2256x1504 piksel;
Og‘irligi: 1,25 kg (MacBook Air’dan yengilroq);
Avtonom ishlash vaqti: 14,5 soatgacha;
Narxi: 999 dollardan boshlanadi.

Surface Laptop to‘rt xil rangda chiqariladi: grafitli tilla, platina, to‘q qizil va kobaltli ko‘k. Sotuvlar 15 iyundan boshlanadi.

Microsoft Office 

Microsoft Windows Store’ga Microsoft Office ilovasi qo‘shilganini ham ma'lum qildi.

Chrome OS’dan asosiy farq – bu internetga doimiy ulanish kerak emasligidadir. Shu tariqa, Microsoft Office barcha funksiyalaridan tarmoq maqomidan qat'iy nazar foydalanilish mumkin.

Microsoft Teams 

Shuningdek, Microsoft bir necha foydalanuvchilarning birgalikda ishlashi mumkin bo‘lgan dasturiy ta'minot yangilangani haqida ma'lum qildi va o‘qituvchilar hamda o‘quvchilarga mo‘ljallangan Microsoft Teams yangi messenjerini taqdim etdi. Endilikda u yerda yangi funksiyalar bor – vazifa va loyihalar yaratish.

«Bizning maqsad – talabalarni ular ertangi kun dunyosini yaratishlari uchun ilhomlantirish», - taqdimot marosimi aynan shunday so‘zlar bilan yakuniga yetdi.

 

Mavzuga oid
Top