14:38 / 16.05.2017
25212

Shayxontohur tumanida bosqinchilar ushlandi (Foto)

Shayxontohur tumanida bosqinchilar ushlandi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi.

Ma'lum bo‘lishicha, 2017 yil 15 aprel soat 02.00 larda, noma'lum shaxslar, Shayxontohur tumani, Samarqand Darvoza ko‘chasi 106-uyning oldida, o‘zganing mulkini hujum qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish maqsadida, piyodalar yo‘lagidan o‘tib ketayotgan 1984 yilda tug‘ilgan, Shayxontohur tumanida yashovchi “Dildora” ismli shaxs va uning jiyani, 1992 yilda tug‘ilgan Mirobod tumanida yashovchi “Shaxnoza”larni yo‘lini to‘sib, “Dildora”ning bo‘ynida bo‘lgan tilla zanjirini yulib olish uchun hujum qilib, pichoq bilan qo‘rqitishgan. 

Tilla zanjirni yulib ololmagach, uning yelkasidagi narxi 150.000 so‘m bo‘lgan ko‘k rangli, ichida narxi 4.400.000 so‘mlik “Ayfon 6S” rusumli telefon apparati bo‘lgan ayollar sumkasini yulib olib, buyumlarni bosqinchilik yo‘li bilan egallab, jabrlanuvchiga jami 4.550.000 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazib, voqea joyidan yashiringanlar.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni 1983 yilda Rossiya Federatsiyasida tug‘ilgan, muqaddam bir necha marotaba sudlangan Latipov Aleksey Fanilevich va uning sherigi 1990 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, Shayxontohur tumanida yashovchi Murtazin Marat Andreyevichlar Aleksey Latipovning boshqaruvida bo‘lgan qizil rangli VAZ-2101 rusumli, davlat raqami 01 X 056 YA bo‘lgan avtoulovida sodir etganligi aniqlanib, daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindilar.

Hozirda ular bilan Toshkent shahar hududida sodir etilib, ochilmay qolgan boshqa jinoyatlar yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mazkur gumondor shaxslardan jabr ko‘rgan fuqarolar bo‘lsa, Toshkent shahar IIBBning “102” xizmatiga qo‘ng‘iroq qilishlari so‘ralgan. 

Mavzuga oid
Top