21:39 / 25.05.2017
8166

Mashinani avtoturargohga joylashga qodir robot ixtiro qilindi

Foto: hi-news.ru

Avtomobilni turargohga joylash - boshlovchi haydovchilar kurslari dasturidan o‘rin olgan ilk mashqlardan biri. Biroq bu jarayonni mashina ichidagi yoki tashqaridagi avtomatlashtirilgan tizimga ishonib bo‘larmikan? Stan – Fransiyaning Stanley Robotics kompaniyasi muhandislari tomonidan ishlab chiqilgan, avtomobilni joylashtirish jarayonini ancha yengillashtiruvchi noyob robot. Robot turargohga kirishda avtomobilingizni olib, uni bo‘sh joyga joylashtiradi.

Stan maxsus platforma yordamida avtoni yerdan biroz ko‘taradi. Avtomobil egasi mobil ilova yordamida oldindan turargohdan joy band qilishi, shuningdek u joyni qachon tark etishni rejalashtirayotganini belgilab qo‘yishi mumkin, shunda robot kiraverishda avtomobilni egasiga taxt qilib qo‘yadi. Bunday robotlar faoliyatining samarasini oshirish uchun biryo‘la bir necha shunday avtomatlar ishlashi mumkin.

Stanley Robotics kompaniyasiga 2015 yilda asos solingan bo‘lib, yaqinda u bir necha yirik sarmoyachilardan o‘z loyihalari rivoji uchun ko‘p millionli investitsiyalarga ega bo‘ldi. Bugungi kunda Stan Parijning Sharl de Gol aeroportida mashinalarni turargohga joylovchi bo‘lib ishlaydi. Aynan shu yerda robot odamlarga vaqtni tejash va asablarni asrashga samarali ko‘mak beradi. Ayniqsa reysga kechikayotganlar uchun bu ayni muddao. Safardan qaytishda esa yo‘lovchilar avtoturargohining kirish qismida avtomobil egasini kutib turgan bo‘ladi.

Top