Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya prezidenti Putin va Trampga bo‘lgan munosabati haqida
Foto: modscheats.ru
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron rossiyalik va amerikalik hamkasblari Vladimir Putin va Donald Tramp bilan munosabatlarini "buzishni istamasligi"ni ma'lum qildi. U Journal du Dimanche'ga bergan intervyusida shunday bayonot bilan chiqdi.
"Men Tramp bilan uchrashdim", - dedi fransuzlar yetakchisi va bu muzokaralar vaqtida u AQSh prezidentini "eshitish va tushunish"ga harakat qilganini qo‘shimcha qildi. "Tramp biz o‘ylaganimizdan-da ochiq inson bo‘lib chiqdi. U to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilishni yoqtiradi. O‘ylashimcha, u bilan iliq munosabatlar o‘rnata olamiz", - dedi Makron.
Vladimir Putinga qanday munosabatda ekanligi to‘g‘risidagi savolga siyosatchi "Rossiyani hurmat qilishi"ni aytgan. "Putinni 300 yillik diplomatik aloqalar doirasida Fransiyaga taklif qildim", - dedi Makron va u bilan talabchan muloqot olib borish niyatida ekanini aytdi. - Biz mavjud barcha muammolarni muhokama qilamiz".
Ta'kidlash joizki, 29 may kuni Parijda Rossiya va Fransiya prezidentlari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Tashrif sabablaridan biri - Versalda Rossiya imperatori Pyotr I'ga bag‘ishlangan ko‘rgazmaning ochilishi. Rossiya davlat rahbari yordamchisi Yuriy Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, Putinning Fransiyaga tashrifi maqsadi prezidentlar tanishuvi, shuningdek ikki tomonlama munosbatlar va xalqaro kun tartibidagi masalalar bo‘ladi.
Mavzuga oid
17:46 / 15.02.2026
Zelenskiy Putinda «ko‘p vaqt qolmagani»ni aytdi
21:33 / 13.02.2026
Kremlda Putin bilan uchrashuv oldidan amaldorlar uchun karantin bekor qilindi – OAV
14:52 / 11.02.2026
Kallas yevropaliklarni Putin bilan aloqalarni muvofiqlashtirishga chaqirdi
13:41 / 09.02.2026