12:39 / 01.06.2017
5684

Abdulaziz Komilov AQSh elchisini qabul qildi

1 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining favqulodda va muxtor elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi.

TIV matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlarning joriy masalalari, xususan turli darajalardagi O‘zbekiston-AQSh bo‘lajak uchrashuvlarining jadvali va kun tartibi muhokama qilingan.

Muzokaralarda 21 may kuni Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan Arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammiti yakunlari hamda boshqa xalqaro mavzular yuzasidan fikr almashilgan.

Top