Toshkentda Arxiv xizmatlarini ko‘rsatish markazi ochildi
2017 yilning 9 iyunida “Xalqaro arxivlar kuni” tadbirlari doirasida Toshkent shahar davlat arxivining Uchtepa tuman filiali binosida “Yagona darcha” tamoyili asosida faoliyat yurituvchi “Arxiv xizmatlarini ko‘rsatish markazi” ni ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Markazning asosiy maqsadi - fuqarolar va tadbirkorlarning Toshkent shahrining turli chekkalarida joylashgan arxivlarga borishdagi ovoragarchiligini oldini olishdir.
So‘nggi yillarda respublika arxiv muassasalariga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelayotgan murojaatlar soni tobora ortib bormoqda. Birgina 2015 yilda davlat arxivlarining o‘ziga 191 252, 2016 yilda - 209 429, 2017 yil 1-choragida 68 482 murojaat kelib tushdi.
Arxivlarga shaxsan tashrif buyurgan fuqarolar soni 2015 yilda - 153 376 nafar, 2016 yilda - 175 006 nafar, 2017 yil 1-choragida – 61 407 nafarni tashkil etdi. Kelib tushgan so‘rovlarning uchdan bir qismi, ya'ni 35% Toshkent shahar hududida joylashgan 5ta arxiv muassasalariga to‘g‘ri kelmoqda. Toshkent shahar hududidagi arxivlarga tashrif buyuruvchi fuqarolarning soni 2016 yilda - 19 600 nafar va 2017 yil 1-choragida - 8300 nafardan ortiqni tashkil etdi.
Ayni vaqtda Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi, O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivi, Toshkent viloyat davlat arxivi, Toshkent shahar davlat arxivi va Toshkent shahar Idoralararo shaxsiy tarkib hujjatlari markaziy arxivlariga kelib tushayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning so‘rov va murojaatlarini bir joyda qabul qilish, qayta ishlash, ijrochilarga yuborish, ijrosini nazorat qilish, tayyorlangan arxiv ma'lumotnomalarini o‘z egalariga taqdim etish ishlari yangi ochilgan markazda amalga oshiriladi. Shuningdek, Markaz mutaxassislari tomonidan fuqarolarga arxiv fondlari, tashkilotlarning hujjatlari saqlanayotgan joy manzili to‘g‘risida tezkor ma'lumotlar beriladi.
2017 yilda respublika arxiv muassasalariga 1700 dan ortiq tadbirkorlik sub'yektlari hujjatlari qabul qilindi. Toshkent shahar segmentida 5ta arxiv mavjudligi sababli tadbirkorlik sub'yektlari hujjatlarini arxivga topshirish uchun arxivlarning ixtisosligini bilmaganligi bois sansalor bo‘lishiga to‘g‘ri kelar edi. Endilikda esa markaz mutaxassislari tomonidan Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub'yektlarining arxiv hujjatlarini markazlashgan holda davlat saqloviga qabul qilish ishlari ham amalga oshiriladi. Mulkchilik shaklidan qat'iy nazar tashkilotlarga ushbu markaz xizmatidan foydalanib, arxiv hujjatlarini saqlovga yoki depozitar saqlovga topshirish imkoniyati yaratildi.
Markazda bir yo‘la 12 ta fuqarolarni so‘rovlarini qabul qilish va bunda elektron navbat qulayliklaridan foydalanish joriy etildi.
Bugun ishga tushgan Markazda fuqarolarni pensiya ta'minoti bilan bog‘liq arxiv ma'lumotnomalarini Sergeli tuman Pensiya fondiga sifatli va o‘rnatilgan muddatlarda taqdim etish maqsadida “Arxiv ma'lumotnomalarini berish integratsiyalashgan axborot tizimi” pilot loyihasi ishga tushirilishi nazarda tutilmoqda.
Mavzuga oid
09:10 / 15.11.2024
Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024