17:51 / 13.06.2017
12825

24 soatlik muhlat: «MYu»dan Morataning transferi bo‘yicha «yakuniy yurish»

«Manchester Yunayted» «Real»ga Alvaro Morataning transferi bo‘yicha taklif jo‘natdi. Bu haqda futbolchining agenti Xuanma Lopes ma'lum qilgan.

«Manchester Yunayted» – jozibador klub. Bu biz uchun juda qiziqarli variant. «Real»ga juda muhim taklif kelib tushdi, endi bir qarorga kelish kerak. Men bundan ortiq gap ayta olmayman.

Aytishim mumkinki, bu vaqtgacha «Real» Morata bo‘yicha «Milan» bilan muzokra olib borgan, ammo ularning taklifi qoniqarli bo‘lmagandi», – deya agentning so‘zlarini keltirgan Sky Sports.

Cadena SER manbasi bergan ma'lumotga ko‘ra esa, «Manchester Yunayted» Morata uchun 80 million yevro taklif etmoqda va 24 soat ichida javob berilishini kutmoqda. Manchesterliklar 24 soat ichida ushbu transferni hal qilishni istamoqda.

Bundan avvalgi xabarlarda, «Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino Alvaro Morata bilan telefon orqali gaplashgani va uni o‘z jamoasiga kelishga ko‘ndirgani haqida aytilgandi.

Yakunlangan mavsumda 24 yoshli Morata Ispaniya chempionatining 26 uchrashuvida ishtirok etib, 15 gol urgan.

Morata «Manchester Yunayted»ga o‘tishi haqidagi xabarga «layk» bosdi

Top