Sport | 19:28 / 23.06.2017
15819
1 daqiqa o‘qiladi

Marko Simich «Paxtakor» bilan 2,5 yillik shartnoma tuzdi

Toshkentning «Paxtakor» klubi bugun — 23 iyun kuni bosh murabbiy Shota Arveladzeni va jamoaning yangi futbolchisi Marko Simichni jamoatchilikka rasman tanishtirdi.

«Tribuna.uz» muxbiri bergan ma'lumotga ko‘ra, «Rostov» klubidan transfer qilingan bu chernogoriyalik futbolchi bilan 2,5 yillik shartnoma tuzildi, bu shartnoma keyinchalik uzaytirilishi mumkin. Ushbu markaziy himoyachi yangi klubida 55-raqamli futbolkada to‘p suradi.

Simich «Rostov»ga qadar Belarus, Bolgariya, Serbiya, Vengriya klublarida, shuningdek, Turkiyaning «Keyserispor», Isroilning «Xapoel T-A» klublarida to‘p surgan. Chernogoriya milliy termasiga 2013 yilda jalb qilingan himoyachi hozirga qadar 21 ta uchrashuvda maydonga tushgan. 

transfermartkt.de Marko Simichning transfer qiymatini 1,8 million yevro etib belgilagan.

Mavzuga oid