15:57 / 25.06.2017
12686

Hyper chariot transport tarmog‘i 6500 km/soat tezlikni ta'minlaydi

Ilon Maskning g‘oyasidan foydalanib, o‘zining shaxsiy vakuum tizimini yaratmoqchi bo‘lgan yangi kompaniyalar yomg‘irdan keyingi qo‘ziqorindek ko‘paymoqda. Lekin Hyper Chariot deb atalayotgan yangi startap jahondagi eng tezkor yo‘lovchi va yuk tashish transporti bo‘lishini va'da qilib, yanada ambitsiyali rejalar qurmoqda. Chunki muhandislar tomonidan yaratilishi mo‘ljallanayotgan «giperaravalar» eng tez harakatlanuvchi va eng ekologik toza transport bo‘lishi tayin.

Magnitli relslar tizimiga ega, betondan yasaluvchi vakuumli tunellar yo‘lovchilarni bekatlar bo‘ylab tashish imkonini beradi, bu holda odamlarning o‘zlari yo‘nalishlarni tanlay olishlari mumkin. Har bir kapsula o‘z bag‘riga 6 kishini sig‘diradi va 6500 km/soat tezlikda harakatlana oladi.

Harakatlanish uchun energiya quyosh batareyalari yordamida ishlab chiqariladi, biroq undan tashqari ishlab chiqaruvchilar tormozlanish energiyasidan ham foydalanishni mo‘ljallashmoqda. Kapsulalar rels ustida uchishi uchun muhandislar nihoyasiga yetkazilgan va to‘ldirilgan magnitli levitatsiya usulidan foydalanishmoqchi.

Yo‘lkira haqi ham hozirdan aniq: Edinburgdan Londonga qadar chipta narxi 1 million so‘m atrofida bo‘ladi. Bularning barchasi qanchalik ajoyib eshitilmasin, barchasi hozircha loyiha bosqichida turibdi. Hyper Chariot’dagilar tez orada investorlar izlab topib, ularning batafsil chizma va maketlar bilan yaqindan tanishtirishmoqchi.

Mavzuga oid
Top