10:32 / 28.06.2017
17630

Yevro-2017. Finalda Ispaniya Germaniyaga qarshi o‘ynaydi

Polsha mezbonligida o‘tkazilayotgan yoshlar o‘rtasida 2017 yilgi Yevropa chempionati finaliga chiqqan terma jamoalar nomlari ma'lum bo‘ldi. 

Dastlabki yarim finalda Germaniya U21 Angliya U21 terma jamoasi bilan o‘ynadi va penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi.

O‘yinning asosiy vaqtida 2:2 hisobidagi durang qayd etildi, inglizlardan Demaray Grey va Temmi Abraham gol urdi, nemislarning gollariga Deyvi Zelke va Feliks Platte muallif bo‘ldi.

Qo‘shimcha bo‘limlarda gol bo‘lmadi va penaltilar seriyasi boshlandi. Unda Germaniya yoshlari ustun keldi - 4:3, inglizlar yetakchisi Natan Redmond hal qiluvchi zarbani berishda adashdi.

Ispaniya yoshlari Krakovda o‘tgan yarim final uchrashuvida Italiya yoshlari ustidan 3:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi.

O‘yinning 53-daqiqasida Saul Janluiji Donnarumma darvozasini ilk marta ishg‘ol qilib, ispanlarni oldinga boshladi. Biroz vaqt o‘tib italyanlar 10 kishi bo‘lib qolishdi — ikkinchi sariq kartochkani olgan Roberto Galyardini maydonni tark etdi. Lekin «skuadra adzurra» tez orada hisobni tenglashtirdi — 62-daqiqada Federiko Bernardeski aniq harakat qildi. O‘yindagi durang natija ko‘p vaqt saqlanib turmadi — 3 daqiqa o‘tib Saul yana gol urdi. U 74-daqiqada «Qizil furiya»ning uchinchi golini ham urib, jamoani finalga olib chiqdi.

Endi Ispaniya yoshlari 30 iyun kuni yarim finalda Angliyani mag‘lub etgan Germaniyaga qarshi maydonga chiqadi.

Yevro-2017 (U-21)
1/2 final

Angliya U-21 – Germaniya U-21 2:2 (1:1, 1:1, 0:0, 0:0), penaltilar bo‘yicha - 3:4
Gollar: 0:1 – 35 Zelke, 1:1 – 41 Grey, 2:1 – 50 Abraxam, 2:2 – 70 Platte.
Angliya U-21 – Pikford, Chembers, Chiluell, Xolgeyt (Iorfa, 105), Mouson, Xyuz (Svift, 86), Chaloba (Merfi, 66), Grey (Redmond, 73), Uord-Prouz, Beyker, Abraxam.
Germaniya U-21 – Pollersbek, Yung (Kerer, 80), Kempf, Tolyan, Mayyer, Xaberer (Kor, 102), Arnold, Filipp, Gnabri (Amiri, 87), Gerxardt, Zelke (Platte, 63).
Penaltilar seriyasi
1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 3:4.
Ogohlantirishlar: Xyuz (11), Zelke (19), Chiluell (59), Gnabri (81), Xolgeyt (83), Kempf (107), Arnold (112).

Ispaniya U-21 – Italiya U-21 3:1 (0:0, 3:1)
Gollar: 1:0 – 53 Saul, 1:1 – 62 Bernardeski, 2:1 – 65 Saul, 3:1 – 74 Saul.
Ispaniya U-21 – Arrisabalaga, Xorxe Mere, Kastro, Belerin, Valexo, Saul, Markos Lorente, Asensio, Sebalos (Oyarsabal, 89), Deulofeu (Denis Suares, 83), Sandro Ramires (Inyaki Uilyams, 78).
Italiya U-21 – Donnarumma, Kaldara, Barreka, Kalabriya, Rugani, Pellegrini, Galyardini, Bernardeski, Benassi (Garritano, 87), Keza (Lokatelli, 62), Petanya (Cherri, 72).
Ogohlantirishlar: Benassi (45), Galyardini (50), Kalabriya (56), Cherri (77).
Chetlatish: Galyardini (58).

 

Top