17:20 / 30.06.2017
15985

Andijonda qo‘l jangi bo‘yicha xalqaro musobaqa boshlanmoqda

1 iyul kuni Andijonda qo‘l jangi bo‘yicha chempionlar ligasi xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik jangchilar Rossiya, Belarus va Tojikiston davlatidan kelgan taniqli jangchilarga qarshi ringga ko‘tariladilar. Xalqaro turnirga tashrif buyurgan qo‘l jangi ustalari orasida jahon, Yevropa chempionatlari g‘olib va sovrindorlarining borligi ishqibozlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Bugun 30 iyun kuni Andijon shahridagi “Sog‘lom avlod” stadionida musobaqa oldidan vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi hamda huquqni muhofaza qilish organlari qo‘l jangi federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada sportchilar olti vazn toifasida bahslashadi.

1.  G‘iyosiddin Jamoliddinov (O‘zbekiston) – Amirxon Otaxonov (Tojikiston)
2.  Sardor Sodiqov (O‘zbekiston) -  Igor Chemyakin (Belarus)
3.  Jamshid Rahmonaliyev (O‘zbekiston) – Aleksey Volkov (Rossiya)
4.  Ilyos Raimov (O‘zbekiston) – Aleksandr Soldatkin (Rossiya)
5.  Muhiddin Mamajonov (O‘zbekiston) – Aleksey Ilenko (Rossiya)
6.  Jahongir Jumayev (O‘zbekiston) -  Dmitriy Rodak (Belarus)

Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon 

Mavzuga oid
Top