07:51 / 30.06.2017
5204

Ilon Mask Los-Anjyeles yaqinida tunnel qurilayotganini ma'lum qildi

Foto: AP Photo / Ringo H.W. Chiu

Amerikalik milliarder va SpaceX kompaniyasi rahbari Ilon Mask Los-Anjyeles yaqinida tunnel qurilishi boshlanganini e'lon qildi, deb xabar bermoqda Verge nashri.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, tunnelni qurish bilan Maskning katta loyihasi hisoblanuvchi  Boring Company kompaniyasi shug‘ullanmoqda.

Tunnelning birinchi seksiyasi qurib bitkazildi, bu haqda Mask tvitterdagi sahifasida ma'lum qildi. "Burg‘ilash boshlandi va Los-Anjyelesdagi tunnelning birinchi segmenti yakunlandi", deb ma'lum qilgan Mask.

Loyiha yuqori tezlikdagi avtomobil trassasi o‘tadigan tunnel qurilishini ko‘zda tutadi. Loyihaning amalga oshirilishi qancha vaqt olishi ma'lum qilinmagan. 

Mavzuga oid
Top